Prezident Şavkat Mirziyoyev 23-sentabr kuni Andijon viloyatiga taşrifi davomida Baliqçi tumanidagi «Sokin savdo servis» parrandaçilik klasteri faoliyati bilan tanişdi.

Klasterga 2010-yilda asos solingan. Bugungi kunda uning Andijon viloyatida 5 ta, Namangan viloyatida 3 ta xöjaligi mavjud. Toşkent viloyatidagi korxonada esa parrandalar uçun ozuqa işlab çiqariladi. Loyihaning umumiy qiymati 29 million dollarni taşkil etadi. Klasterda 417 nafar kişi mehnat qilmoqda. Majmuada 1,5 million boş broyler tovuği parvarişlanmoqda. Yiliga 8,2 million dona broyler boqiş va 20,6 ming tonna parranda göşti yetiştiriş imkoniyati mavjud. Majmuada yiliga 55 ming tonna tovuq göşti va yarim tayyor mahsulotlarni qayta işlaş quvvatlari yaratilgan. 2027-yil yakuniga qadar parranda çiqindilarini qayta işlaşga möljallangan rendering liniyasi işga tuşiriladi hamda parranda boqişda köp qavatli katak tizimi joriy etiladi. Uşbu ikki loyihaga 10 million dollar yönaltiriladi.

Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev Baliqçi tumanidagi «Chinobod real biznes» korxonasining baliq yetiştiriş loyihasi bilan tanişdi.
Korxona vodiydagi baliqçilik xöjaliklarining forel çavoğiga bölgan ehtiyojini qondirişga xizmat qiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 30 milliard sömni taşkil etadi. Korxonada 30 ta iş örni yaratilgan. Ikki gektar maydondagi zamonaviy majmuada yiliga 200 tonna baliq göşti va 2,5 million dona baliq çavoği yetiştiriladi. Yillik işlab çiqariş hajmi 50 milliard sömni taşkil etadi. Intensiv texnologiyalar qöllanilişi natijasida ikki gektar maydonda anʼanaviy usuldagi 100 gektarlik havzalar bilan teng hajmda mahsulot yetiştiriş imkoniyati yaratilgan. Majmuada taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasi ham yölga qöyilgan. Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda «Baliqçilik va parrandaçilik amaliyot markazi» taşkil etilgan. Bu yerda talabalar nazariy bilimlarini işlab çiqariş jarayonida mustahkamlab, amaliy könikma orttirmoqda.














