Bugun, 23 iyul kuni Tokio-2020 Olimpiadasining oçiliş marosimi bölib ötadi. 

Tadbir Tokiodagi «Milliy» stadionda ötkaziladi. XXXII yozgi Olimpiya Öyinlari oçiliş marosimiga tomoşabinlar kiritilmaydi. Faqatgina 950 nafardan iborat diplomatlar, homiylar va Olimpiya qömitasi a'zolari stadionda bölişadi. 15 nafar davlat va xalqaro taşkilot rahbarlari ham aynan stadiondan uşbu voqeani jonli kuzatib borişlari rejalaştirilgan.

Rasmiy parad payti sportçi va delegatsiyalar a'zolari koronavirusdan himoyalaniş çoralarini körişadi. Barça iştirokçilar himoya niqoblarida bölişlari va ijtimoiy masofani saqlaşlari şart. 

Ijtimoiy masofa stadiongaça 2 metr, stadionning içida 1 metrni taşkil etadi. Tana harorati 37,5 dan yuqori bölganlar stadionga kiritilmaydi. Sportçilar çiqişini Olimpiada vatani Gretsiya delegatsiyasi boşlab bersa, Yaponiya mezbon sifatida yakunlaydi. 

Qayd etiş joiz, Özbekiston yapon alifbosida tartib raqami böyiça 25-örindan joy olgani sababli, bu safargi marosimda avvalgilaridan oldinroq çiqadi.

Eslatib ötamiz, Tokio-2020 Olimpiadasida Özbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari Oksana Çusovitina va Bobo Usmon Baturov bölişadi.

Ma'lumot uçun, Toşkent vaqti bilan soat 16:00da boşlanadigan oçiliş marosimi axborot hamkorimiz «Sport TV» orqali jonli efirda namoyiş etiladi.