Tokio-2020 ğoliblariga atalgan yil. «Uzbekistan Sport Awards-2021» milliy mukofoti laureatlari e’lon qilindi
|00:35 / 30.12.202114 0876 min
Foto: Tribuna.uzFoto: Tribuna.uz
Bugun, 29 dekabr kuni Toşkentdagi «Hilton» mehmonxonasida «Uzbekistan Sport Awards-2021» milliy mukofoti ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosimi ötkazildi.
Özbek sportining yil yakunlariga bağişlangan taqdirlaş marosimi Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning tabrigi bilan boşlandi.
Foto: Tribuna.uz
Şundan söng turli nominatsiyalarda yilning eng yaxşilari taqdirlandi. Jumladan, «Yil kaşfiyoti» sovrini – taekvondo böyiça Olimpiya öyinlari çempioni Uluğbek Raşitovga nasib qildi.
E’tiborlisi, marosimda eng asosiy sovrin – «Yilning eng yaxşi sportçisi» ikki yönalişda tanlandi. Muxlislar örtasidagi sörov natijalariga köra, «Yilning eng yaxşi sportçisi» deya boks böyiça Olimpiya öyinlari çempioni Bahodir Jalolov topildi.
Respublika komissiyasi xulosasiga köra, «Yilning eng yaxşi sportçisi» deya, Özbekiston milliy kubogi ğolibi – oğir atletika böyiça Olimpiya öyinlari va jahon çempioni Akbar Jörayev e’lon qilindi. Har ikki ğolib ham 10 ming AQŞ dollari mukofot puli bilan taqdirlandi.
Barça nominatsiyalar ğoliblari:
«Sport sohasidagi köp yillik xizmati uçun» Özbekiston sport faxriylari kengaşi raisi Bahodir Maxsitov taqdirlandi.
«Yilning eng faol ommaviy sport tarğibotçisi» sifatida Mudofaa vazirligi sport markazi e’tirof etildi.
«Yilning eng faol sport jurnalisti» – «Sport TV» telekanali jurnalisti Şafoat Tolibjonova.
«Yilning eng faol sport foto muxbiri» – Özbekiston Milliy axborot agentligi va «Olamsport.com» sayti fotomuxbiri Almurat Mamadaminov.
«Yilning eng faol sport muxlisi» sifatida Abdurahmon Fozilov e’tirof etildi.
«Sport yönalişi böyiça yilning eng faol matbuot xizmati» sifatida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi e’tirof etildi.
«Yilning eng faol sport sayti» sifatida «Spors.uz» sayti e’tirof etildi.
«Yilning eng faol sport maktabi» sifatida Buxoro tumani bolalar-ösmirlar sport maktabi e’tirof etildi.
«Yilning eng yaxşi murabbiyi» sifatida Tokio-2020 Olimpiya öyinlari çempioni Uluğbek Raşitovning murabbiyi – Xan Pavel e’tirof etildi.
Mavzuga oid
«Yilning eng yaxşi yoş sportçisi» – boks böyiça ösmirlar örtasida jahon çempioni Nigina Öktamova.
«Yilning eng yaxşi yoş sportçisi» – erkin kuraş böyiça ösmirlar örtasida jahon çempioni Kamronbek Kadamov.
«Yilning eng tomoşabop sport tadbirlari taşkilotçisi» sifatida Özbekiston aralaş jang san’atlari assotsiatsiyasi e’tirof etildi.
«Yilning eng matonatli erkak sportçisi» – para yengil atletika böyiça Tokio-2020 Paralimpiya öyinlari ğolibi Elbek Sultonov.
«Yilning eng matonatli ayol sportçisi» – para yengil atletika böyiça Tokio-2020 Paralimpiya öyinlari ğolibi Nurxon Qurbonova.
«Yilning eng yaxşi para sport murabbiyi» – para yengil atletika böyiça murabbiy Sardor Abduxoliqov.
«Yilning eng yaxşi yoş matonatli sportçisi» – para yengil atletika böyiça Tokio-2020 Paralimpiya öyinlari ğolibi Boburjon Omonov.
«Yilning eng yaxşi yoş matonatli sportçisi» – para yengil atletika böyiça Tokio-2020 Paralimpiya öyinlari ğolibi Asila Mirzayorova.
«Yilning eng saxiy sport homiysi» - «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyati, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati, «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati va «Orient Finans Bank» – xususiy aksiyadorlik tijorat banki.
«Yilning eng halol hakami» sifatida dzyudo böyiça xalqaro toifadagi hakam, Xalqaro dzyudo federatsiyasining köplab musobaqalardagi asosiy bahslarida hakam sifatida işlagan Ramziddin Saidov e’tirof etildi.
«Yilning eng yaxşi sport federatsiyasi» sifatida Özbekiston kamondan otiş federatsiyasi.
«Yilning eng intiluvçan federatsiyasi» sifatida Özbekiston tarixida ilk bor Olimpiya öyinlariga sportçisi yöllanma olgan Özbekiston öq otiş federatsiyasi.
«Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuçaytirişga qöşgan hissasi uçun» – Osiyo Olimpiya Kengaşi vitse-prezidenti Otabek Umarov taqdirlandi.
Muxlislar örtasidagi sörov natijalariga köra, «Yilning eng yaxşi sportçisi» – boks böyiça Olimpiya öyinlari çempioni Bahodir Jalolov.
Foto: Tribuna.uz
Respublika Komissiyasi xulosasiga köra, «Yilning eng yaxşi sportçisi» Özbekiston Milliy kubogi ğolibi – oğir atletika böyiça Olimpiya öyinlari va jahon çempioni Akbar Jörayev.
Foto: Tribuna.uz
Eslatib ötamiz, 2020 yilning eng yaxşi sportçisi nomiga dzyudo böyiça Özbekiston milliy jamoasi a’zosi Davlat Bobonov munosib körilgan edi. Yilning eng yaxşi murabbiyi nomi esa sambo böyiça Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Roman Şakirovga nasib qilgan.