Xalqaro Olimpiya qömitasi Yevropa ittifoqi bayroğini Tokio Olimpiadasi oçilişida olib ötişga ruxsat bermadi. Olimpiada oçilişi marosimi bugun, 23 iyulda bölib ötadi.

Politico naşrining xabar berişiça, Yevropa ittifoqi vakillari Olimpiada taşkilotçilaridan Öyinlar oçilişi marosimida Sloveniya terma jamoasiga öz bayroği bilan birga YeI bayroğini ham olib ötişga ruxsat berişni söraşgan. Biroq ularning bu iltimosiga rad javobi berilgan. Sloveniya ayni vaqtda YeIda raislik qilmoqda va aynan şu sababli uşbu davlat terma jamoasi YeI bayroğini olib ötişi mumkinligi ğoyasi paydo bölgan.

“Olimpiya jamoasi Milliy Olimpiya qömitasi tomonidan tasdiqlangan va XOQ tomonidan ma'qullangan faqat bitta bayroq, bitta emblema va bitta madhiyani qöllaşi mumkin”, deb aytgan XOQ vakili.

XOQga YeI bayroğini olib ötiş taklifi bildirilgan maktubni Yevrokomissiya raisi örinbosari Margaritis Sxinas va Sloveniya boş vaziri Yanez Yanşa yöllagan. Maktubda Sloveniya tomonidan YeI bayroğining qöllanişi mamlakatni “Yevropa birdamligi va YeI tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi hamda XOQ qadriyatlariga mos tuşuvçi qadriyatlar vakili” qilişi aytilgan.  

Bunga javoban XOQ Olimpiadada barça sportçilar oçiliş marosimida qanday bayroqlarga ega bölişlaridan qat'i nazar, YeI va Olimpiadaning umumiy qadriyatlarini ilgari surişlarini ta'kidlab ötgan.

Olimpiada oçiliş marosimi 23 iyulda bölib ötadi. Tadbirga 15ta davlat va xalqaro taşkilotlar yetakçilari taşrif buyurişi kutilmoqda. Yaponiya hukumati koronavirus bilan boğliq favqulodda vaziyat sababli Tokiodagi sport obektlarida ötuvçi musobaqalarga muxlislarni qöymaslikka qaror qildi.