Mercedes 2030 yilga borib içki yonuv dvigatellarida maşinalar işlab çiqarişni tark etib, butunlay elektromobillar işlab çiqara boşlaydi. Bu haqda maşhur brendga egalik qiluvçi Daimler kompaniyasining relizida söz boradi.

2025 yildan boşlab Mercedes’ning barça modellari elektr energiyasida işlaydigan böladi. Biroq keyingi beş yil davomida kompaniya zavodlari içki yoniş dvigatellari bilan jihozlangan eski modellarni işlab çiqarişni ham davom ettiradi.

Şuningdek, kompaniya dunyo böyiça elektromobillar uçun batareyalar işlab çiqaradigan sakkizta yangi zavod qurişni va zaryadlovçi stansiyalarining global tarmoğini yaratişni rejalaştirmoqda. Uşbu maqsadlar uçun Mercedes 40 milliard yevro ajratgan.

14 iyul kuni Yevrokomissiya iqlim özgarişiga qarşi kuraş rejasining konsepsiyasini taqdim etdi. Uşbu rejaning bandlaridan biri 2035 yildan boşlab Yevropa Ittifoqi hududida içki yonuv dvigatelli avtomobillarni sotişga töliq taqiq qöyişdan iborat.

2021 yil iyun oyi oxirida Audi içki yonuv dvigatelli avtomobillardan voz keçişini e'lon qilgan edi. Kompaniya 2026 yildan elektromobillar işlab çiqarişga töliq ötişni möljallamoqda.