Italiyaning Emiliya-Romanya regionida döl yoğişi oqibatida A1 avtoyölida harakatlaniş töxtatildi, yuzlab maşinalar va uylarga şikast yetdi, deb xabar berdi il Fatto Quotidiano.

Xabarda aytilişiça, kutilmaganda yoğgan kattaligi olmaday döl haydovçilar va mahalliy aholini şoşirib qöygan. Döl donalari avtomobillar oynalarini sindirib, kuzovlarini paçoqlagan. Kuçli şamol va yomğir esa haydovçilarning harakatlanişiga imkon bermagan.

Natijada qutqaruvçilar Milan-Neapol yölini uç soatga yopib qöyişga majbur bölgan. Bir neçta yöl-transport hodisasi yuz bergani aytilmoqda.