Ta'kidlanişiça, ikki davlat rahbari joriy yil aprelidan boşlab bir neça marta özaro maktublar bilan bölişgan. Aynan şu aloqalar evaziga 2020 yilda uzilib qolgan aloqa kanalini tiklaşga kelişişga muvaffaq bölingan.

2020 yil 9 iyunda Şimoliy Koreya Janubiy Koreya nohukumat taşkilotlari faollari tomonidan çegara orqali şimol tomonga taşviqot varaqalari boğlangan pufaklar yuborilganiga javoban Seul bilan barça aloqa liniyalarini uzib qöygan. Pxenyanda Janubning bu harakatlari ikki tomonlama tinçlik sulhlariga putur yetkazuvçi duşmanona harakat deb baholangan. Pxenyan bunga javoban Koreyaaro aloqa ofisidagi barça telefonlar hamda aloqa kanalini uzib qöygan. Keyinroq Şimoliy Koreya çegaradagi Keson şahrida joylaşgan uşbu ofisni portlatib yuborgan.