Majlisda parlament yuqori palatasining ön yettinçi yalpi majlisida körib çiqilişi rejalaştirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi. Şu jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilişiga doir axboroti eşitildi.

Qayd etilganidek, respublika hududida davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilişiga joriy etilgan moratoriy davrida 5 mingdan ortiq jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan 166 ming tup atrofida qimmatbaho navli davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesişga ruxsat sörab qilgan murojaatlar rad etilib, saqlab qolingan.

Majlisda uşbu sohada amalga oşirilayotgan işlarga qaramay daraxtlarning noqonuniy kesilişi bilan boğliq tizimli muammolar saqlanib qolganligi ta'kidlandi.

Xususan, prezident farmoniga muvofiq, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasiga davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesişga ruxsatnoma beriş vakolatini mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi organlariga berişni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqiş va hukumatga kiritiş vazifasi yuklatilgan. Biroq şu kunga qadar mazkur topşiriq bajarilmagan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasiga daraxtlarni muhofaza qiliş maqsadida ularning soni, turi, yoşi, tanasining diametri, geografik joylaşuvi va boşqa parametrlari böyiça hisobga oliş hamda reyestrini yuritiş topşirilgan. Ammo bugunga qadar Qömita tomonidan jamoatçilikka bu borada ma'lumotlar berilmagan, yangidan ekilgan daraxtlarning hisobini yuritiş işlari ham tizimli taşkil etilmagan. 

Köçatlarning yagona elektron bazasini yaratiş va unga hududlarda ekilgan köçatlar töğrisidagi ma'lumotlarni kiritib boriş işlari e'tibordan çetda qolgan.

2021 yilning 6 oyi davomida respublikada daraxt va butalarning noqonuniy kesilişi bilan boğliq 2 597 ta huquqbuzarlik sodir etilgan va ösimlik dunyosiga 6,7 mlrd söm zarar yetkazilgan.