Ozarboyjon viza siyosati
Ozarboyjon viza tizimi mamlakatga vizasiz kiruvçilar va viza olişi zaruriy bölgan mamlakatlar fuqarolarini belgilaş nuqtayi nazaridan biroz murakkab hisoblanadi. Ozarboyjon viza tizimiga köra, mamlakatga viza bilan yoki vizasiz, şuningdek, maksimal yaşaş muddati bilan kiriş imkoniyati bor.
Mamlakatga sayohat qilişni istaganlar avval Ozarboyjon viza siyosatini örganişlari zarur. Bu orqali ular Ozarboyjonga kiriş uçun viza olişi kerakmi yoki viza rejimidan ozod etilganmi bilib olişlari mumkin.
Özbekiston uçun 90 kungaça vizasiz rejim amal qiladi
Sayyohlik yoki biznes bilan şuğullaniş maqsadida bir qança davlat fuqarolari Ozarboyjonga vizasiz kirişlari va 90 kungaça qolişlari mumkin. Uşbu davlatlar röyxatida Özbekiston Respublikasi ham mavjud.
Yana bir qança davlatlar fuqarolari uçun 30 kungaça amal qiladigan, aeroportga kelgaç oliş zarur bölgan viza rejimi ham bor.

Ozarboyjon elektron vizasi – ASAN viza
Ozarboyjon viza tizimi birmunça murakkab ekanligi, uni olişning turli davlatlar uçun turli kategoriyalari mavjudligi haqida yuqorida aytib ötgandik. Şunga köra, Ozarboyjon vizasini elektron tarzda oliş uçun ham alohida davlatlar röyxati mavjud. Ya'ni, uşbu davlatlar fuqarolari Ozarboyjonda 90 kungaça qoliş uçun vizani elektron şaklda olişlari mumkin.
ASAN vizasini oliş tartibi
ASAN viza deb nomlanuvçi Ozarboyjon elektron vizasi Ozarboyjon Respublikasining mamlakatga sayohat qiluvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida işlab çiqilgan eng sönggi dasturlaridan biri hisoblanadi. Elektron vizani onlayn ravişda, Ozarboyjon rasmiy vizasi veb-saytidan oliş mumkin. Arizaçilar kamida 3 kun oldin ariza topşirişlari va ariza beriş paytida Ozarboyjon hududidan taşqarida bölişi lozim.
Uşbu vizaga murojaat qiliş uçun barça kerakli ma'lumotlarni töldiriş bilan barobar quyidagi talab qilinadigan hujjatlarni yuklaşingiz kerak böladi:
- Skaner qilingan pasport nusxasi;
- 3,5 × 4,5 fotosurat;
- Band qilingan mehmonxona;
- Ozarboyjonga çipta.

Elektron viza uçun har bir arizaçi 20 AQŞ dollari va qöşimça xizmat uçun 3 AQŞ dollari miqdorida haq tölaydi. Elektron viza rad etilgan taqdirda, har ikkala tölov ham qaytarib berilmaydi. Tölovlarni faqat Visa, MasterCard va Union Pay yordamida amalga oşiriş mumkin va karta ariza beruvçining nomi ostida bölişi şart emas.
Elektron vizani ariza topşirilgandan keyin 3 kun içida elektron poçta orqali olasiz. Viza amaldagi pasport bilan birga Ozarboyjon kiriş joyida çop etilişi va taqdim etilişi kerak.
Ozarboyjon standart vizasi
Ozarboyjon standart vizasi – bu viza olişi zaruriy bölgan mamlakatlar fuqarolarining öz yaşaş joyidagi Ozarboyjon elçixonasi yoki konsulligida ariza topşirgaç, sayohat qiluvçilarga beriladigan hujjat (stiker).
Ariza beruvçining maqomiga qarab beriladigan stikerlarning uçta toifasi mavjud: diplomatik, xizmat va oddiy. Şu bilan birga, mamlakatga kiriş maqsadiga qarab vizalarning ikki turi mavjud: kiriş va tranzit vizalari. Kiriş vizasi maksimal 90 kun davomida amal qiladi va quyidagiça şakllarda berilişi mumkin:
1) Bir martalik kiriş vizasi – 90 kunlik davr mobaynida faqat bir marta kiriş-çiqiş imkoniyatini beradi.
2) Köp martalik kiriş vizasi – 2 yilgaça amal qiladigan viza turi hisoblanadi. Uşbu viza tegişli davr mobaynida odamga bir neça marta mamlakatga kirişga imkon beradi.

Ozarboyjon tranzit vizasi
Çet elliklarga va fuqaroligi bölmagan şaxslarga bir martalik yoki ikki martalik kiriş uçun beriladigan tranzit vizasi mavjud bölib, u boşqa davlatga yetib boriş uçun Ozarboyjon Respublikasi hududidan tranzit ötişiga ruxsat beradi. Uşbu viza 30 kun davomida amal qiladi va uning egasi Ozarboyjonda köpi bilan 5 kungaça qolişi mumkin.
Qanday maqsadlarda Ozarboyjonga viza oliş uçun murojaat qiliş mumkin?
Çet elliklarning Ozarboyjonga viza oliş uçun murojaat qilişlari mumkin bölgan maqsadlar quyidagilardan iborat:
- Biznes;
- Ilm-fan va ta'lim;
- Mehnat;
- Turizm;
- Madaniyat va sport;
- Gumanitar;
- Şaxsiy sayohat;
- Tibbiy maqsadlarda.
Ozarboyjon vizasi talablari
Ozarboyjon standart vizasiga murojaat qiliş jarayonida barça zaruriy hujjatlarni yiğiş eng muhim qism bölib, uşbu hujjatlar sizning şaxsingizni, sayohat qiliş huquqini, sayohatning maqsadi va sayohat tartibini tasdiqlaydi. Uşbu hujjatlar quyidagilardir:
- Ozarboyjon vizasi uçun töldirilgan ariza. Uni elektron şaklda mfa.gov.az saytida töldiriş mumkin.
- Pasportingiz yoki Ozarboyjonda istiqomat qiliş jarayonida kamida 3 oy davomida amal qiladigan boşqa sayohat hujjatlari.
- Sizning biometrik identifikatsiyalaş talablaringizga mos keladigan rangli ikkita fotosurat.
- Tibbiy suğurta guvohnomasi nusxasi.
- Viza tölovi amalga oşirilganligini tasdiqlovçi hujjat (kvitansiya).
Ota-onasiz yoki qonuniy vakilisiz sayohat qilayotgan 18 yoşga tölmaganlar uçun quyidagi qöşimça hujjatlar talab qilinadi:
- Tuğilganlik töğrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
- Ota-onalarning yoki qonuniy vakilning ruxsati;
- Ota-onalarning yoki qonuniy vakilning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar nusxalari.

Turli viza turlari uçun viza talablari ham turliça bölişi mumkin. Xususan:
1. Turizm vizasi talablari: Sayohat qilişdan maqsad, ya'ni turizm vauçeridir. Mehmonxonada, lagerda, turistik bazada yoki boşqa şunga öxşaş binolarda joy band qilinganligini tasdiqlovçi hujjat.
2. Ilm-fan yoki ta'lim vizasi talablari: Ozarboyjon Respublikasida öqiş va yaşaş bilan boğliq xarajatlarni tölaş uçun yetarli mablağingiz borligini tasdiqlovçi hujjat.
3. Tibbiy viza talablari: Sizni tekşiriş yoki davolaş zarur bölgan kasallik borligining isboti.
4. Şaxsiy taşriflar uçun viza talablari: Sizni taklif etayotgan şaxsning pasport nusxasi, safar bilan boğliq moliyaviy xarajatlarni qoplaşingiz mumkinligining isboti. Bundan taşqari, taklif etuvçining oila a'zosi ekanligini tasdiqlovçi hujjat.
5. Tranzit viza talablari: Siz sayohat qiladigan uçinçi mamlakat tomonidan berilgan vizaning nusxalari hamda mazkur mamlakatga çipta.
Ozarboyjon vizasini rasmiylaştiriş jarayoni
Ozarboyjon vizasini oliş uçun uşbu mamlakat rasmiylari tomonidan belgilangan bir neçta tartib-qoidalarni bajarişingiz kerak böladi. Eng sönggi arizangizni Ozarboyjonga sayohat qilişdan 15 kun oldin yuborişingiz mumkin. Siz yiğilgan barça hujjatlarni öz mamlakatingizdagi diplomatik vakolatxonalarga, elçixonaga yoki konsullikka topşirişingiz kerak.
E'tibor bering: Agar siz Ozarboyjonda 15 kundan ortiq muddatga qolsangiz, yaşaş joyingizda röyxatdan ötişingiz lozim.
Davlatbek Asadov,
UzbekLife kolumnisti












