U özi uçun ajratilgan yer maydonining bir qismini boşqa fuqaroga sotmoqçi bölgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, fuqaro Q.J. öziga issiqxona quriş uçun ajratilgan 30 sotix yer maydonining 4 sotixini fuqaro D.ga uy-joy quriş uçun vakolatli tanişlari orqali hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga uning 2 700 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan, şuningdek tekşiruv jarayonida Q.J. öz aybiga töliq iqror bölib, uşbu pullar hisobidan 3 mln sömni öz ixtiyori bilan taqdim qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Andijonda 20 000 AQŞ dollariga baliqçilik köli taşkil qiliş uçun yer olib berişni va'da qilgan firibgarlar uşlanganligi xabar qilingan edi.