Farğona viloyatining Boğdod tumanida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan va muqaddam sudlangan şaxs mahalliy tadbirkorga köp qavatli uy-joy quriş uçun yer maydoni olişida özining mansabdor tanişlari orqali yordam berişini aytgan.

Ma’lum qilinişiça, u 2020 yilda boşqa bir fuqaroga kam ta’minlangan va işsiz yoşlarni iş bilan ta’minlaş maqsadida issiqxona taşkil etişi uçun ajratib berilgan 29 gektar yer maydonidan 5 gektar qismining toifasini özgartirib, uy-joy quriş uçun rasmiylaştirib beriş evaziga 400 ming AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxs oldindan 50 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanişi hisoblangan — Farğona viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boş mutaxassisi ham uşbu 50 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.