Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahri boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.Y. fuqaro O.Ş.ning işonçiga kirib, Farğona viloyatining Quva tumanidagi “T.B.” fermer xöjaligining 5 gektar hamda davlat zaxirasidagi 5 gektar — jami 10 gektar yer maydonini göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali rasmiylaştirib olib berişi evaziga 200 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, Departamentning Andijon viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari iştirokida ötkazilgan tezkor tadbirda A.S. fermer xöjaligi rahbari D.T. Jalaquduq tumanidagi davlat zaxirasidagi 8 sotix ekin yer maydonini fuqaro O.R.ga tanişlari yordamida turar joy quriş uçun olib berişi evaziga 9 500 AQŞ dollarini qölga kiritgani, şuningdek, yana 1 700 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangani ma’lum qilindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Özbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









