Sirdaryo viloyatining qator tumanlarida fermer xöjaliklarining yer maydonlari olib qöyilib, auksion orqali sotuvga çiqarilmoqda: ularning ehtimoliy xaridori xorijlik investorlar böladi. Kun.uz studiyasida iqtisodçi Otabek Bakirov va ekspertimiz Kamoliddin Ikromov bilan mazkur mavzuda suhbat qildik.

Kamoliddin Ikromov, Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari: Yerlarni yoppasiga olib qöyiş harakati bölyapti, Xovos, Guliston, Oqoltin, Qörğontepada. Olib qöyişdan taşqari böş yer, zaxiradagi yerlarni özimizning dehqonlar ololmaydigan darajada yiriklaştirişyapti lotlarni. Misol uçun, 1000 gektar lot qöyilgan... Uni arzon narxda çet ellik investor sotib oladi. Taxminan 1 gektari 8 million sömdan töğri kelyapti. Lekin xuddi öşa hududda, bitta tumanda şu fermerlar 5 gektar yerning 1 gektarini 80 million sömdan 400 million sömga sotib olgan holatlari bor. Özimizning qoraköz dehqonlar dehqonçilik qila olişiga közi yetib sotib olgan. Lekin ularning puli yetmaydigan darajada katta lotlarni qöyiş kimga kerak bölib qoldi? Buning tagida nima bor?

Bu bilan tegişli taşkilotlar şuğullanişi kerak. Uzoq muddatli ijaraga bergandan keyin mulk huquqi şakllanadi...

Xovos tumanida hozir 17 ming gektar yer direksiyaga ötadi deyişyapti. Kelajakda bu yerlar investorga beriladi degan gaplar bor. Bunaqada u hududda keyin dehqonçilik ölib qoladi-ku. Uzoq muddatli ijaraga bergandan keyin ijara muddatini çözib berişga töğri kelib qolişi mumkin.

Şokir Şaripov, jurnalist: Iqtisodiyot fani nima deydi?

Otabek Bakirov, iqtisodçi: Huquq qanday işlaşiga boğliq. Ötgan yili prezident farmoni çiqqan edi. Beşta tumanda huquqiy eksperiment tarzida fermer xöjaliklarining 80 foiz yerini zaxiraga topşirsa, qolgan 20 foizini normativ qiymatining 50 foiz qiymatida sotib oliş ustuvor huquqi berilişi töğrisida. Tajriba. Farmonda bu tajribani butun Özbekistonga tatbiq etamiz deyilgan. Şu farmon çiqqan paytda öz-özidan menda savollar tuğildi.

Otabek Bakirov

Birinçi savol. Fermer xöjaliklari uzoq yillardan buyon ijara şartnomasi asosida işlayapti özi, meros qoldiriş huquqidagi ijara şartnomasi asosida. Busiz ham ijara huquqidagi yerlarni nima uçun topşirişi kerak va nima uçun yangi ijara şartnomasi asosida özlariga 20 foizini, yana pul tölagan holda qabul qilib olişi kerak?