Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budjet buyurtmachilari 141 mlrd so‘mlik 458ta tanlovda xarid qonunchiligiga amal qilmagan. Eng ko‘p qonunbuzilish - Andijonda
So‘nggi ikki oyda budjet buyurtmachilari qiymati 141 mlrd so‘mlik 458ta tanlovda xarid qonunchiligiga amal qilmagan. AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda davlat xaridlari sohasida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari e'lon qilindi.
Agentlik tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika bo‘yicha budjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd so‘mlik 458ta tanlovda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunlarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Xususan:
- Andijon viloyatida 34,4 mlrd so‘mlik (104ta);
- Toshkent shahrida 19,5 mlrd so‘mlik (51ta);
- Toshkent viloyatida 13,9 mlrd so‘mlik (50ta);
- Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd so‘mlik (43ta);
- Samarqand viloyatida 12,8 mlrd so‘mlik (50ta);
- Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd so‘mlik (41ta);
- Jizzax viloyatida 8,3 mlrd so‘mlik (20ta);
- Buxoro viloyatida 7,3 mlrd so‘mlik (33ta);
- Xorazm viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik (18ta);
- Navoiy viloyatida 5,2 mlrd so‘mlik (16ta);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,4 mlrd so‘mlik (11ta);
- Namangan viloyatida 2,6 mlrd so‘mlik (11ta)
- Farg‘ona viloyatida 2,0 mlrd so‘mlik (10ta) tanlovlar bo‘yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgani ma'lum bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:00 / 11.01.2026
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:47 / 30.12.2025
2026 yil budjeti ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
14:20 / 30.12.2025