“Tolibon” Afğonistonda hokimiyatni harbiy yöl bilan egallagan taqdirda Yevroittifoq yangi hukumatni tan olmaydi. Bu haqda YeIning mintaqa böyiça maxsus vakili Tomas Niklasson ma'lum qildi.

"Agar "Tolibon" hokimiyatni harbiy yöl bilan egallaydigan bölsa, u na YeI, na mintaqadagi köplab davlatlar tomonidan tan olinadi", - dedi u.

Niklassonning sözlariga köra, voqealar ana şunday tarzda rivojlanadigan bölsa, Yevroittifoq Afğonistonga yordam berişni töxtatadi.

U şuningdek, hozirda yuzaga kelgan vaziyatdan xavotir bildirdi.

Toliblar vakillarining ta'kidlaşlariça, harakat mamlakat hududining 85 foizi ustidan nazorat örnatgan.