Sidney texnologiya universiteti olimlari (University of Technology Sydney, UTS) COVID-19’dan davolaşda Nigella Sativa (qora sedana) ösimligidan foydalanişni taklif qilmoqda, deyiladi UTS xabarida.

Qayd etilişiça, qora sedana uruğidan asrlar davomida köplab kasalliklar, jumladan, şamollaş va infeksiyalarga qarşi kuraşda foydalanib kelingan.

Olimlarning ma'lumot berişiça, modelli tadqiqotlar natijasida Nigella Sativa tarkibidagi timoxinon ingrediyenti SARS-CoV-2 virusini tösib, uning öpka infeksiyasini çaqirişiga yöl qöymasligi aniqlangan.

Timoxinon laboratoriyalarda, xususan, hayvonlarda keng örganilgan. Ma'lum bölişiça, bu modda immun tizimiga ijobiy ta'sir körsatadi. 

Nigella Sativa şuningdek, laboratoriya şaroitida tilla stafilokokk kabi bakteriya va gripp virusini ham yöqotişda samarali ekanligini körsatgan.