Ahmad Şahid Özbekiston hukumatining uning ofisi va boşqa xalqaro tuzilmalar hamda ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorligi izçilligiga yuqori baho berib, mamlakat bilan örnatilgan muloqotni davom ettirişga tayyorligini tasdiqladi.
Ahmad Şahid joriy yil sentabr oyida Özbekistonga safar qilib, Nyu-York şahri universiteti huzuridagi Ralf Banç nomidagi xalqaro tadqiqotlar instituti va Esseks universiteti huquqşunoslik maktabi yordamida texnik kömak dasturini işga tuşirişga tayyorligini ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, safar dasturida tegişli davlat idoralari, fuqarolik jamiyati va diniy taşkilotlar vakillari uçun qator seminar va treninglar ötkaziş közda tutilgan. Şuningdek, BMT doirasida qöllanilayotgan inson huquqlari körsatkiçlariga asoslangan milliy monitoring va baholaş tizimini işlab çiqişda maslahat yordami körsatiladi.
BMT maxsus ma'ruzaçisi «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumini ötkaziş rejasini olqişlab, mazkur anjuman yakunlari böyiça «Buxoro deklaratsiyasi» qabul qilinişi alohida ahamiyat kasb etişini ta'kidladi. Ahmad Şahid «Buxoro deklaratsiya»si loyihasini işlab çiqişda zarur maslahat yordami körsatişini, şuningdek, dekabr oyida uşbu xalqaro konferensiya işida iştirok etiş uçun Özbekistonga yana bir bor safar qilişini tasdiqladi.












