Mamlakat şimolida joylaşgan Kil şahri sudi pensionerga 14 oylik şartli qamoq jazosi va 250 ming yevro jarima tayinladi.

Uşbu summadan 50 ming yevro davlat ğaznasiga tölanadi, qolgani esa xayriyaga yönaltiriladi.

Sud, şuningdek, ismi oşkor qilinmayotgan sudlanuvçiga 2 yil davomida 45 tonnalik tank va zambarakni muzeyga beriş yoki biror kolleksionerga sotiş majburiyatini yuklagan.

Pensioner ustidan sud jarayoni şu yil may oyida boşlangan. Uning villasi ikki kun davomida tintuv qilingan. Uy yertölasida saqlangan tankni taşqariga çiqariş uçun 20 ta askar 9 soat uringan. Erkakning ta'kidlaşiça, u tankni Angliyada metallolomdan sotib olgan.