Qaror bilan Köçma savdoni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. “K – SAVDO” avtomatlaştirilgan axborot tizimida köçma savdo obektlarini röyxatdan ötkazgan tadbirkorlar Özbekiston hududida köçma savdo bilan şuğullanişi mumkin.
Nizom bilan köçma savdoni amalga oşirişning majburiy talablari va şartlari, savdo obektining ixtisoslaşuv turlari, köçma savdosi taqiqlangan tovar turlari belgilandi. Röyxatdan ötkazilgan köçma savdo joyini yoki uning bir qismini boşqa şaxsga foydalanişga yoki ijaraga beriş taqiqlanadi. Transport vositasi orqali köçma savdo faoliyati “K – SAVDO” AAT orqali savdo qilinadigan joy haqida xabarnoma yuboriş yöli bilan amalga oşiriladi.
Köçma savdo joyi elektron auksionda sotiladi. Bunda tadbirkorga köçma savdo joyidan köpi bilan 36 oy muddatga foydalaniş huquqi beriladi. Köçma savdo maydonidan foydalaniş huquqini olgan tadbirkorlar faqat bayram va ommaviy tadbirlar ötkaziş davrida vaqtinçalik asosda joylaştiriş sxemasidan taşqarida faoliyat yuritişi mumkin. “K – SAVDO” AATda köçma savdo obektni röyxatdan ötkaziş uçun yiğim undirilmaydi. Joylaşiş sxemalari har uç yilda bir marta qayta körib çiqiladi.
Qaror bilan umumiy ovqatlaniş korxonalari mavsumiy kafelarining işlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. 2021 yil 1 oktyabrgaça Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida umumiy ovqatlaniş korxonalarining mavsumiy kafelarini joylaştiriş böyiça elektron ariza beriş xizmati joriy etiladi. 2021 yil 1 noyabrgaça har bir tuman (şahar) kesimida köçma savdo joylari tanlanib, köçma savdo obektlarining joylaşiş sxemalari tuziladi hamda ular “K – SAVDO” AATga joylaştiriladi.












