Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkentda koronavirus böyiça davolaş standartlariga amal qilmagan xususiy şifoxonaning uşbu yönalişdagi faoliyati töxtatilgani haqida ma'lum qildi.
«Ma'lumki, yurtimizda epidemiologik vaziyat murakkablaşib, koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlar soni keskin ortgani sababli joriy yilning may oyidan boşlab xususiy şifoxonalarga ham uşbu kasallikni davolaşga ruxsat berilgan edi.
Buning uçun xususiy şifoxona Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Toşkent şahar va viloyat soğliqni saqlaş boşqarmalari bilan koronavirus infeksiyasini davolaş böyiça ixtiyoriy şartnoma imzolaşi belgilangan.
Qolaversa, kelişuvga muvofiq, xususiy tibbiyot muassasasi sanitariya epidemiologiya qoidalariga, kasallikni aniqlaş va davolaş standartlariga qat'iy rioya qilişi, davolaş böyiça olib borilgan işlar töğrisidagi hisobotlarni elektron axborot tizimi orqali muntazam ravişda taqdim etib borişi lozim.
Biroq örganişlar şuni körsatmoqdaki, COVID-19 infeksiyasini davolaş böyiça tegişli ruxsat olgan barça xususiy tibbiyot muassasalari ham şartnomada körsatilgan talablarga töliq rioya qilayotgani yöq.
Jumladan, ayrim xususiy tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaş standartiga zid ravişda şifokorlar tomonidan bemorlarga antibiotik, gormon va boşqa dori vositalarini buyuriş holatlari kuzatilmoqda. Buning natijasida uşbu tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlarning ahvoli yanada oğirlaşib, hatto, ularning ölimiga ham sabab bölmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Soğliqni saqlaş vazirligi boşqarma boşliği Farhod Rahimqulovning ma'lumot berişiça, bugungi kunda Toşkent şahridagi 25ta, viloyatlardagi 6ta xususiy şifoxonaga COVID-19ga çalingan bemorlarni davolaş böyiça ruxsat berilgan.
«Afsuski, sönggi vaqtlarda tegişli tartibda ruxsat olmagan ayrim xususiy şifoxonalar tomonidan laborator (PZR) tasdiqlanmagan pnevmoniya kasalliklarini «bu koronavirus emas» degan asos bilan davolaş holatlari kuzatilmoqda.
Natijada yetarli darajada jihozlanmagan, bilim va saviyaga ega bölmagan, sanitariya talablariga rioya etilmagan bunday şifoxonalarda davolanayotgan bemorlar oğir asoratlar bilan koronavirusni davolaşga ixtisoslaşgan davlat tibbiyot muassasalariga ötkazilmoqda.
Bundan taşqari, COVID-19 infeksiyasiga çalingan bemorlarni davolaş uçun ixtiyoriy şartnoma imzolagan ayrim xususiy şifoxonalarda ham davolaş standartlariga amal qilmaslik oqibatida bemorlarning ahvoli yanada oğirlaşib, boşqa tibbiyot muassasalariga ötkazilayotgan holatlar uçrab turibdi.
Misol uçun, koronavirus kasalligini davolaşga ruxsat olgan poytaxtimizdagi ASIA SHINE HOSPITAL xususiy şifoxonasida ötkazilgan monitoring davomida bu yerda bemorlarga yuritilgan kasallik tarixlari töliq va sifatli töldirilmagani, COVID-19ga çalingan şaxslarni davolaş böyiça standart talablariga töliq rioya qilinmagani, taşkilot bemor.ssv.uz elektron axborot tizimiga ulanmagani hamda koronavirus böyiça hisobotlarni muntazam ravişda taqdim etmay kelgani aniqlandi. Natijada yöl qöyilgan kamçiliklar uşbu şifoxonada davolangan bemor ahvolining oğirlaşişiga, keyinçalik esa davlat tibbiyot muassasasida vafot etişiga sabab bölgan», deydi u.
Şu bois uşbu xususiy muassasa bilan Toşkent şahar soğliqni saqlaş boşqarmasi örtasida koronavirusga çalingan bemorlarni davolaş böyiça 2021 yil 19 iyulda imzolangan şartnomani bir tomonlama bekor qiliş böyiça qaror qabul qilingan.
Qolaversa, 10 avgustga qadar uşbu şifoxonada koronavirus bilan davolanayotgan 16 nafar bemorni boşqa şifoxonalarga ötkaziş hamda mazkur sanadan boşlab bu yönalişda bemorlarni davolaş böyiça faoliyatini töxtatişga majburiy körsatma berilgan.
Şu bilan birga, uşbu davolaş muassasada yöl qöyilgan qonunbuziliş holatlari yuzasidan prokuratura organlariga ham ma'lumot yuborilişi qayd etilgan.
«Vazirlik, yuqoridagilardan kelib çiqqan holda, mulkçilik şaklidan qat'i nazar COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaşda belgilangan diagnostika va davolaş standartlariga amal qiliş lozimligini yana bir bor eslatib, uşbu davolaş muassasalarida muntazam ravişda nazorat işlari olib borilişini ma'lum qiladi», deyiladi SSV xabarida.













