Buyuk Britaniya hukumati dökonlarga oziq-ovqat yetkazib beriş töxtab qolgani sababli armiyadan yordam söraydi, deb xabar berdi Daily Mail naşri.
Iyul oyi oxirida yuk taşuvçilar uyuşmasi mamlakatda 100 ming nafar yuk maşinasi haydovçisi yetişmayotgani, şu sababdan oziq-ovqat mahsulotlarini omborlardan dökonlarga yetkazib berişda muammolar kelib çiqişi haqida ogohlantirdi. Bunday vaziyat haydovçilarning köpçiligi Brexit’dan söng qirollikni tark etgani, mingga yaqin yangi haydovçi eesa haydovçilik guvohnomasi oliş uçun test topşirişni kutayotgani sababli yuzaga kelgan. Naşrning ta'kidlaşiça, bu jarayon koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan lokdaun sababli murakkablaşmoqda.
Uşbu vaziyatdan kelib çiqqan holda, Buyuk Britaniya rahbariyati armiyadan oziq-ovqat va dori-darmonlarni dökonlarga yetkazişda Qirollik logistika korpusidan ikki mingga yaqin haydovçi yuborişni söraydi.
Hukumat yaqin orada qurolli kuçlarga bu haqda rasmiy sörov yuborişi kutilmoqda.












