Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko «Belarus 1» telekanali efirida qaçon Qrim va Sevastopolni Rossiyaga tegişli deb tan olişini aytdi.
U bu masalada köp marta savol bergan jurnalist Vladimir Solovevni eslab ötdi.
«Unga omma oldida aytaman: qaçonki Rossiyadagi eng oxirgi oligarx Qrimni tan olsa va u yerga öz mahsulotini yetkazib berişni boşlasa, men ham tan olaman», – dedi Lukaşenko.
2014 yil martida Qrimda referendum ötkazilib, uning natijalariga köra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi şahriga aylangan. Bu referendum natijalarini Ukraina va xalqaro jamoatçilik tan olmaydi.












