Komissiyaning navbatdagi yiğilişida aholini ommaviy emlaş işlarini jadallaştiriş, şuningdek, aholiga diniy ibodatlarni amalga oşiriş uçun qulay şart-şaroit yaratiş böyiça Özbekiston musulmonlari idorasi hamda Din işlari böyiça qömita tomonidan kiritilgan takliflar har tomonlama muhokama qilindi.
SSV matbuot xizmati xabar berişiça, muhokama natijalari böyiça Özbekiston musulmonlari idorasi hamda Din işlari böyiça qömitaning quyidagi takliflari ma'qullandi:
- 2021 yil 13 avgustdan e'tiboran masjidlarning barça işçi va xodimlari (salomatligi böyiça qarşi körsatma bölgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarşi vaksinaning (turidan qat'i nazar) kamida 2ta dozasi bilan emlanganligi töğrisidagi sertifikatiga ega bölgan taqdirda uşbu masjidlarda juma namozini ötkazişga ruxsat beriş;
- masjidlarga juma namozini öqiş uçun koronavirusga qarşi vaksina bilan emlanganligi töğrisidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bölgan taşrif buyuruvçilarni kiritiş (salomatligi böyiça qarşi körsatma bölganlar bundan mustasno) töğrisidagi takliflar.
Respublikada faoliyat yuritayotgan boşqa diniy konfessiyalarga mansub diniy taşkilotlarga ham mazkur tartibni tatbiq etiş tavsiya qilindi.
Şu bilan birga, diniy ibodatlarni ado etiş jarayonida taşrif buyuruvçilar tomonidan tibbiy niqobda böliş hamda ijtimoiy masofani saqlaş böyiça karantin çeklovlariga qat'iy rioya etilişi lozimligi körsatib ötilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda iyul oyi örtalarida koronavirus tufayli juma namozlari vaqtinça töxtatilgan, Hayit namozi ham öqilmagandi.
Bundan oldinroq Respublika maxsus komissiyasining 8 avgustdagi qarori bilan umumiy ovqatlaniş obektlari bilan boğliq karantin çeklovlari yumşatilgani xabar qilingandi.













