Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi şahridagi 40-sonli umumta'lim maktabi direktori öqituvçilarga qöpol muomala qilgani, dars vaqtida sinflarga kirib xalal berib yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Şuningdek, direktor holatni videoga olgan öqituvçi ayolni haqorat qilgani ham tasvirlangan. Mazkur holat yuzasidan viloyat XTB munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalar yuzasidan Qaşqadaryo viloyati xalq ta'limi boşqarmasi mas'ullari iştirokida örganiş işlari olib borilgan. Örganişlar davomida ijtimoiy videolavha va fotolar joriy yilning fevral oyida tasvirga olingani ma'lum bölgan.
Qayd etilişiça, tez fursatlarda viloyat XTB tomonidan örganilayotgan jarayonlar yakuni va unga oid töplangan asoslantiruvçi manbalarga asosan maktab direktorining xatti-harakati yuzasidan munosabat beriladi.
P.S. Qaşqadaryo viloyati XTB öz munosabatida holat joriy yil fevralda yuz berganini bildirgan. Ammo videoda uni tasvirga tuşirayotgan ayol «Maktab direktori hozir röza oyi bölişiga qaramasdan sökinib yuribdi», degan. Eslatib ötamiz, Ramazon oyi joriy yil 12 apreldan 12 maygaça davom etgan.











