Ma'lum qilinişiça, Fuqarolik işlari Samarqand şahar sudining qaroriga asosan qarzdor A.X.dan undiruvçi M.S.ning foydasiga uç nafar farzandi ta'minoti uçun daromadning ikkidan bir qismi miqdorida aliment undiriş belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Samarqand şahar bölimi tomonidan ijro işi yuritilgan.

Qayd etilişiça, mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlaş maqsadida «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegişli taşlikotlarga sörovnomalar yuborilgan va olingan ma'lumotlarga asosan uning barça mol-mulklariga taqiq qöyilgan.

Uşbu ijro hujjati yuzasidan qarzdor ança vaqtdan buyon aliment pullarini tölamasdan kelgani sababli, aliment qarzi 50 million sömni taşkil etgan.

Daromadi bölmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari tomonidan qarzdor A.X. bilan tuşuntiriş ötkazilgan. Farzandlarni moddiy qöllab-quvvatlaş har bir otaning burçi ekani unga tuşuntirilgan.

Bunday maslahat va suhbatdan öziga töğri xulosa çiqargan qarzdor ota şu kuni farzandlarining ta'minotini öylab, 50 million söm aliment pullarini tölab bergan.