Ma'lum qilinişiça, Fuqarolik işlari böyiça Kattaqörğon tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro Q.F.dan undiruvçi S.N.ga ikki nafar farzandning moddiy ta'minoti uçun daromadning uçdan bir qismi miqdorida aliment undiriş belgilangan.
Bu holat böyiça MIB Kattaqörğon şahar bölimi tomonidan ijro işi yuritilgan. Ammo qarzdor ota ançadan buyon aliment tölovlarini tölamasdan kelgan.
Hozirda muqim daromadi bölmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş naqadar muhim ekanligini inobatga olgan holda, Byuroning şahar bölimi xodimlari tomonidan tuşuntiriş va profilaktik tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Şundan söng, MIB xodimlari qarzdor Q.F. bilan tuşuntiriş işlari ötkazib, farzandlarni moddiy qöllab-quvvatlaş har bir otaning burçi ekani yotiği bilan tuşuntirilgan.
Bundan öziga töğri xulosa çiqargan qarzdor ota şu kuni farzandlari ta'minotini öylab, ular voyaga yetguniga qadar hisoblangan 260 million söm pulni birdaniga tölab bergan. Tomonlarning roziligi bilan mazkur ijro hujjati tegişli tartibda tugatilgan.
Samarqandda qarzdor ota farzandlari uçun qariyb 200 million söm aliment töladi












