Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandlik qarzdor ota farzandlari uchun 80 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand shahrida yashovchi ota farzandlari uchun 80 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2018 yil 15 avgustdagi qarori bilan fuqaro J.N.dan undiruvchi N.I.ga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta'minoti uchun daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Qaror bo‘yicha MIB Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash muhimligi inobatga olinib, MIB xodimlari tomonidan qarzdor J.N. bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilgan va farzandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandi ta'minotini o‘ylab, u voyaga yetgunga qadar bo‘lgan qarzini hisoblab, aliment uchun 80 million so‘mni undiruvchi N.I.ga to‘lab bergan. Tomonlar roziligi bilan mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tugatilgan.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026