Joriy yil ötgan davrda onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd sömlik 83,2 mingdan ziyod “çiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bu haqda AOKAda Respublika tovar-xomaşyo birjasi mutasaddilari iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 7 oylik yakunlariga köra birja savdolari orqali 12,6 ming tonna polivinilxlorid, 1 225 tonna formalin va 224 kilogramm kumuş sotildi.
Birja barça savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2020 yil mos davriga nisbatan 46,7 foizga ösib, qariyb 46,0 trln sömni taşkil qildi. Bunda tuzilgan bitimlar hajmining 87 foizi birja savdolariga, qolgan qismi esa elektron tijorat savdo tizimlari, şu jumladan, körgazma-yarmarka savdolari, elektron davlat xaridlari, avtoraqam va mobil raqam onlayn auksionlariga töğri keldi.
Körib çiqilayotgan davrda avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd sömlik 83,2 mingdan ziyod “çiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,4 barobarga, hajmi böyiça – 42 foizga ösdi.
Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming sömni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln sömni taşkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning örtaça qiymati 2,0 mln sömga teng böldi.












