“Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi
Adliya vazirligi xabariga köra, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga qöşimça vazifalar yuklatildi.
Markaz, jumladan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş jarayonlarini jadallaştirişga qaratilgan dasturlarni işlab çiqişda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravişda ta'minlab boradi.
Markaz tuzilmasida quyidagilar taşkil etildi:
- Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantiriş şö'basi;
- IT-texnologiyalarni joriy etiş va ma'lumotlar bazasini integratsiyalaş şö'basi;
- Jamoatçilik bilan aloqalar va marketing şö'basi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida markazning hududiy filiallari tuzildi.












