«Futbol muxlislari Sreçko Katanetsning murabbiy böliş ehtimoli haqidagi xabarni umumiy olganda ança iliq qabul qilişdi. Yevropa va Osiyoni körgan, bilgan mutaxassis. Jahon va Yevropa çempionatiga çiqqan. Işlagan joylarida barqaror faoliyat olib borgan. Iroq bilan ösişga erişgan. Eron bilan raqobatda ustunlik qilgan.
Şu bilan birga köpçilik terma jamoa murabbiyligi borasida Karloş Keyruş nomini tilga olmoqda. Ya'ni nomzodlar orasida uning tayinlovini kutganlar bor ekan. ÖFA köplab nomzodlar qatorida Keyruş bilan ham aloqaga çiqqan. U oilaviy sabablar bilan Mozambikda ekani va ayni vaqtda milliy jamoani qabul qila olmasligini bildirgan», - deya yozadi Davron Fayziyev telegramdagi kanalida.
Ma'lumot uçun, portugaliyalik tajribali mutaxassis Karluş Keyruş 2018 yilda ham, Eron milliy jamoasi boş murabbiyi ekanida Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyligi uçun asosiy nomzod sifatida körilgan, ammo u bilan kelişuvning imkoni bölmagaç, Özbekistonga argentinalik mutaxassis Ektor Kuper olib kelingandi.
Muqaddam «Real», «MYu» klublarida, Portugaliya, BAA, JAR kabi termalarda ham faoliyat yuritgan Keyruş 2019 yilda Eronni tark etib, Kolumbiya milliy jamoasini boşqargan, 2020 yilda bu jamoadan ham iste'foga çiqarilgandi. 68 yoşli mutaxassis hozirda işsiz.
Eslatib ötamiz, 12 avgust kuni ÖFA Özbekiston terma jamoasiga sloveniyalik mutaxassis Sreçko Katanets boş murabbiy bölişini ma'lum qildi. Sentyabr oyida uning boşqaruvidagi ilk örtoqlik öyini Stokholmda Şvetsiya termasiga qarşi bölib ötadi.












