“Özgidromet” xabariga köra, keçasi va erta tongda havo harorati 13-16 daraja iliqqaça pasaydi, kunduz kunlari esa harorat 29-32 daraja issiqdan yuqoriga kötarilmadi, faqat janubiy hududlarning eng çekkasida 32-35 daraja issiq qiymatlariga yetdi.

Haftaning boşida salqin ob-havo saqlanib turadi. Bugun kunduz kuni harorat 28-33 daraja issiq, ertaga 30-35 daraja issiq atrofida böladi.

Çorşanba kunidan esa salqin havo massasi Özbekiston hududidan çekina boşlaydi va uning örniga Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keladi.

Havo harorati asta-sekin kötariladi va haftaning oxiriga kelib, keçalari 18-20 daraja issiqqaça, kunduz kunlari 36-38 daraja issiqqaça kötariladi.

Ma'lum qilinişiça, bunday harorat avgust oyining ikkinçi yarmi uçun bölgan örtaça köp yillik qiymatlardan 2-3 darajaga yuqori böladi. Biroq, uşbu davrda Özbekiston hududida eng issiq yillarda harorat 40-41 daraja issiqqaça, janubda esa 42-44 daraja issiqqaça kötarilgan. 

Respublika böyiça hafta davomida örtaça bölgan şamollar bilan quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.

Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim toğli hududlarida faqat bugun keçqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.