Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 5-moddasida sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, şuningdek oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etganligi uçun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar saylovda iştirok etmasligi belgilangan.

Saylov kuni 18 yoşga tölgan, qamoqda saqlaş joylarida uşlab turilgan hamda qamoqqa olingan şuningdek, ijtimoiy xavfi katta bölmagan va unça oğir bölmagan jinoyatlar sodir etganligi uçun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar esa ovoz beriş huquqiga egadirlar.

Ombudsman saylovga tayyorgarlik jarayonlarida aynan qamoqda saqlaş va ozodlikdan mahrum etiş joylaridagi maxsus ajratilgan binolarda yaşirin ovoz beriş uçun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar tayyorlanganligi, saylov qutilari bilan ta'minlanganlik holatlarini örganadi. Asosiy e'tibor saylov uçastkasining belgilangan talablarga muvofiq saylovçilarning heç qanday tazyiq va ta'sirlarsiz yaşirin ovoz beriş huquqlari ta'minlanişi uçun mos tarzda jihozlanganligiga qaratiladi.

Belgilangan tartibga köra, saylaş huquqiga ega mahkumlar qamoqda saqlaş va ozodlikdan mahrum etiş joylarida tuzilgan saylov uçastkalaridagi saylovçilar röyxatiga kiritiladi. Saylovçilarning röyxatlari esa mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida uçastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi va saylovçilar yagona elektron röyxatiga kiritiladi. Agarda harakatlaniş erkinligi çeklangan muassasalarda mahkumning saylaş huquqi bölaturib unda iştirok etişiga tösqinlik qiliş holatlari böyiça murojaatlar kelib tuşsa, ular darhol joyiga çiqib örganiladi. 

Uçastka saylov komissiyasi saylovçilar röyxati, saylaş joyi va vaqti töğrisida mahkum-saylovçilarni xabardor qilganida biror bir xato yoki noaniqlik töğrisida uçastka saylov komissiyasiga şikoyat qilişi mumkin. Uçastka saylov komissiyasi 24 soat içida murojaatni tekşirişi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etişi yoxud murojaat qiluvçiga uning murojaati rad etilganligi töğrisida asoslantirilgan javob berişi şart.

Saylov kuni qamoqda saqlaş va ozodlikdan mahrum etiş joylarining ma'muriyati mahkumlarning saylov uçastkasiga kirib çiqişi va xavfsizligini ta'minlaşi, şuningdek, içki tartib-qoidalariga rioya etişi uçun mas'ul hisoblanadi.

Qamoqda saqlaş va ozodlikdan mahrum etiş joylarida tuzilgan uçastka saylov komissiyalari mazkur muassasalarning ma'muriyati bilan birgalikda saylovçilarni saylov töğrisidagi qonun hujjatlari, saylovga tayyorgarlik köriş, uni ötkaziş jarayonlari, saylov ötkaziş vaqti va tartibi hamda nomzodlar haqida xabardor qilib boradi.

Şuningdek, nomzodlarga, ularning işonçli vakillariga, siyosiy partiyalarga fuqarolar bilan uçraşuvlar ötkaziş orqali saylovoldi taşviqoti uçun teng şaroitlar yaratib berilişi lozim. Şundagina mahkumlar nomzodlar tomonidan kötarilayotgan taşabbuslar asosida ulardan birini tanlaydi va saylaş huquqidan foydalanadi. Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari tomonidan olib boriladigan örganişlarda ayni şu jihatlar e'tiborga olinadi.