Press-turda OAV vakillari “Kamolot” GESida olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar. Mutaxassislar iştirokida bölib ötgan oçiq muloqot davomida GES qurilişi bilan boğliq barça savollariga javob olişdi.

Ma'lumot örnida, mamlakatimizda 2017 yilgaça jami GESlar 36 ta bölgan bölsa, 2021 yilga kelib bu körsatkiç mikro GESlarni qöşib hisoblaganda 49 ga yetkazildi.

Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan “Zarçob-2” va “Kamolot” GESlari işga tuşsa, yuqorida keltirilgan körsatkiç qariyb 51 taga yetadi.

Bugungi kunda Toşkent viloyatida qurilayotgan köplab GESlarimizdan biri Çirçiq şahrida barpo etilayotgan, Çirçiq-Bözsuv traktida joylaşgan yangi “Kamolot” GESidir.

Uşbu GESning quriliş işlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 yanvardagi 3461-son qarori asosida, umumiy qiymati 22,6 mln dollarga, quvvati 8.6 MVt ni (2.15 MVtdan bölgan 4ta kapsula tipidagi gidroagregatdan iborat) taşkil etadi.

Mazkur GESda ilk bor tajriba sifatida “kapsula” usulidagi gidroagregatlar örnatiladi.

Mazkur GESning quriliş işlari energetika obektlarini quriş va modernizatsiya qiliş borasida yirik tajribaga ega bölgan, “Özbekgidroenergo” AJ tizim taşkiloti “Özbekgidroenergoquriliş” kompaniyasi tomonidan, loyiha işlari “Gidroproyekt” AJ tomonidan amalga oşirilmoqda.

Hozirda GESning asosiy quriliş işlari yakuniga yetgan bölib, oxirgi montaj-sozlaş işlari amalga oşirilmoqda.

Uşbu GESning asosiy uskuna va jihozlari XXRning “Dongfang Electric Corporation” kompaniyasi hamda “Andridz gidro” tomonidan yetkazib berildi.

GESning afzalliklaridan biri avtomatik, aqlli, xavfsiz boşqaruv tizimiga ega.

“Kamolot” GESini öz vaqtida topşiriş uçun işlar tartibli va karantin qoidalari talablari asosida olib borilmoqda.

Mazkur GES Mustaqillik bayramining 30 yilligiga xalqimizga munosib tuhfa sifatida topşiriladi.

“Özbekgidroenergo” AJ Matbuot xizmati Ⓣ