“Özbekgidroenergo” AJ boşqaruv raisi Islom Abduraxmonov Xitoyning yirik davlat energetika korporatsiyalaridan biri - “China Energy International Group” rahbariyati bilan uçraşdi. Muloqotda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi “Gidroenergetika sohasini yanada rivojlantiriş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ–163-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va uzoq muddatli strategik hamkorlikni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Tomonlar xalqaro investitsiyalarni jalb etiş, istiqbolli gidroenergetika loyihalarini birgalikda işlab çiqiş va amalga oşiriş, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qiliş, zamonaviy texnologiyalar hamda ilğor muhandislik yeçimlarini joriy etiş masalalarini körib çiqdilar.

Şuningdek, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, Jamiyat tizimidagi loyiha institutlari bilan hamkorlikni kengaytiriş, kadrlar almaşinuvi va mutaxassislar malakasini oşiriş orqali özaro tajriba almaşiş imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi.

Uzoq muddatli strategik hamkorlikni rivojlantiriş, xalqaro ilğor tajribani mahalliy şaroitga tatbiq etiş orqali Özbekiston gidroenergetika tarmoğining barqaror rivojlanişini taʼminlaş masalalari ham muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş, amaliy şeriklikni kengaytiriş hamda yangi qöşma loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Mazkur hamkorlikning ahamiyati “China Energy International Group”ning xalqaro energetika bozoridagi mavqei, yirik infratuzilma obyektlarini barpo etiş tajribasi va kompleks muhandislik yeçimlarini amalga oşiriş salohiyati bilan belgilanadi.

“China Energy International Group” - yirik gidroenergetika loyihalarida xalqaro tajribaga ega hamkor

“China Energy International Group” Xitoyning yirik davlat energetika va muhandislik korporatsiyasi - “China Energy Engineering Group” (“Energy China”) tarkibidagi xalqaro tuzilma bölib, Xitoy va xorijiy bozorlarda yirik energetika obyektlarini loyihalaş hamda qurişda katta tajribaga ega. Korporatsiya guruhiga kiruvçi “China Gezhouba Group Corporation” kabi muhandislik-quriliş kompaniyalari dunyodagi yirik gidroenergetika loyihalarida iştirok etgan.