Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan mazkur ezgu taşabbuslar xalqimizning köp asrlik tarixini, milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylaş, kitob va ilm-maʼrifatning jamiyat hayotidagi örnini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Ana şu maʼrifiy taşabbuslarning xalqaro miqyosdagi amaliy ifodasi sifatida, Koreya Respublikasiga taşrif doirasida “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan Özbekistonning boy tarixi, milliy davlatçiligi, madaniy merosi, bugungi taraqqiyoti hamda mamlakatimizning rivojlaniş yöliga bağişlangan kitoblar jamlanmasi Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi kutubxonasiga tantanali ravişda taqdim qilindi.

Mazkur naşrlar orasidan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning asarlari, mamlakatimiz tarixi va madaniy merosiga oid ilmiy-maʼrifiy naşrlar hamda Özbekistonning bugungi taraqqiyotini aks ettiruvçi kitoblar örin olgan.
Taqdim etilgan kitoblar Koreya Milliy Assambleyasi kutubxonasining Markaziy Osiyo pavilonidan joy olişi alohida ahamiyatga ega. Endilikda uşbu naşrlar koreyalik kitobxonlar, tadqiqotçilar, talabalar, olimlar, jamoatçilik vakillari hamda xorijiy mehmonlar uçun Özbekiston tarixi, madaniyati va bugungi taraqqiyoti haqida maʼlumot olişga xizmat qiladigan muhim maʼrifiy manba bölib xizmat qiladi.

“Özbekgidroenergo” AJ tomonidan Koreya Respublikasiga amalga oşirilayotgan xizmat safari doirasida gidroenergetika sohasida ilğor tajribalarni örganiş, özaro hamkorlikni rivojlantiriş va professional aloqalarni mustahkamlaş bilan bir qatorda, Özbekistonning boy tarixi, madaniyati va bugungi yutuqlarini keng tarğib etişga qaratilgan bunday taşabbuslarning amalga oşirilayotgani ham alohida eʼtiborga loyiq.

Zero, kitob – millat tarixini saqlaydigan xotira, bilim va maʼrifatni avloddan avlodga yetkazadigan bebaho manba hamda xalqlarni bir-biriga yaqinlaştiradigan maʼnaviy köprikdir.












