Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga köra, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan 346 ta loyiha qöşimça ğolib deb topilgan. Bu loyihalarni moliyalaştiriş uçun jami 240,3 mlrd söm yönaltirildi.
Xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlari qarorlariga köra, mahalliy byudjetning qöşimça mablağlari hisobidan 71 ta loyiha qöşimça ğolib deb eʼlon qilindi. Bu loyihalarni moliyalaştiriş uçun jami 101,0 mlrd söm yönaltirildi.
Maʼlumot uçun: amaldagi tartibga köra, xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlari mahalliy byudjetning qöşimça mablağlari hisobidan navbatdagi loyihalarni qöşimça tarzda ğolib deb eʼlon qiliş vakolatiga ega.
Şu tariqa, joriy yilgi 2-mavsum yakunlari böyiça umumiy qiymati 3,3 trln söm bölgan jami 2 612 ta loyiha ğolib deb topildi.













