Ammo “Taşabbusli byudjet”da tanlov bu bilan tugamadi. Navbat - deputatlarga keldi.
Bu mavsumda jarayonda muhim yangilik bor: deputatlar endi bitta emas, ajratilgan mablağ doirasida bir neçta loyihani qöşimça ğolib sifatida tanlaşi mumkin.
Bunday imkoniyat Prezident Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 29-iyundagi qarori bilan belgilandi. Avvalgi tartibga köra, deputat har bir mavsumda ovoz berişda ğolib bölmagan loyihalar orasidan faqat bittasini qöşimça ğolib sifatida tanlaşi mumkin edi. Endi esa bir saylov okrugidagi bir neçta muhim muammoni bir vaqtning özida hal etişga qaratilgan loyihalarni qöllab-quvvatlaş imkoni paydo böldi.
Endi masala faqat “qaysi loyiha köp ovoz oldi?” degan savol bilan çeklanmaydi. Boşqaça aytganda, saylov okrugida bir neçta muhim muammo mavjud bölsa, deputat ulardan faqat bittasini tanlaş bilan çeklanib qolmaydi. Ajratilgan mablağ imkon bersa, bir neçta hududdagi muammoni hal etişga qaratilgan loyihalarni ham qöllab-quvvatlaşi mumkin.
Joriy yilning 2–6-sentabr kunlari Qonunçilik palatasi deputatlari öz saylov okruglarida bölib, ovoz berişda ğolib bölmagan loyihalar bilan tanişdi, aholi bilan uçraşdi va qaysi taşabbuslar qöşimça qöllab-quvvatlaşga munosib ekanini örgandi.
Jarayon yakunlari böyiça deputatlar jami 346 ta loyihani qöşimça ğolib deb topdi. Ularni amalga oşirişga 240,3 milliard söm yönaltiriladi. Loyihalar 145 ta tuman va şahardagi 343 ta mahallani qamrab oldi.

Yangi tartibning amaliyotdagi natijalari ham qiziq. 149 deputatning 93 tasi ajratilgan mablağni bitta yirik loyihaga yönaltirgan bölsa, 56 tasi uni bir neçta loyihaga bölgan. Masalan, Dilnoza Azizova 17 ta, Jasurbek Şodiyev 12 ta, Zebiniso Rahmonova 10 ta, Gözal Samiyeva 9 ta, Firdavs Şaripov 8 ta, Odiljon Tojiyev 8 ta, Abdullo Aslonov 7 ta loyihani qöllab-quvvatlagan.
Tanlangan taşabbuslar esa, asosan, odamlarning kundalik hayotiga bevosita taʼsir qiluvçi masalalarga borib taqaladi: yöl, elektr, içimlik suvi, mahalla infratuzilmasi, bolalar va sport maydonçalari.
Raqamlar ham şuni tasdiqlaydi. 346 ta loyihaning 119 tasi içki yöllarni taʼmirlaşga qaratilgan bölib, ularga umumiy mablağning 41 foizi - 98,9 milliard söm yönaltirilgan; bu orqali jami 156,8 kilometr yöl asfaltlanadi. Elektr taʼminoti va köça çiroqlari böyiça 92 ta, umumtaʼlim maktablari va maktabgaça taʼlim muassasalari böyiça 54 ta, bolalar maydonçalari böyiça 20 ta, soğliqni saqlaş muassasalari böyiça 14 ta, içimlik suvi böyiça 13 ta loyiha tanlangan.





















