31-avgust kuni «Taşabbusli byudjet»da ovoz beriş jarayoni yakunlandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga köra, jarayonlarda mamlakat böylab jami 10 mln 124 mingta ovoz berildi.

Ovoz beriş yakunlariga köra, qiymati 3,1 trln sömga teng jami 2195 ta loyiha ğolib deb topildi. Şulardan 2059 tasi anʼanaviy, 136 tasi esa şeriklik loyihalari böldi.

Ğolib loyihalarning aksariyatini içki yöllarni (piyodalar yölakçasi, yöl ötkazgiçlar) taʼmirlaş (1022 ta), umumtaʼlim maktablarini (476 ta) va soğliqni saqlaş muassasalarini taʼmirlaş va moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş (173 ta) tadbirlari taşkil qiladi.