Toşkentda köp qavatli uylar orasiga aholining xohiş va istaklariga qarşi ölaroq yangidan yangi turar joylar quriş amaliyoti davom etyapti.
Kun.uz'ga Çilonzor tumani Katta Çilonzor-1 mahallasi 3-, 5- va 11- uylarda yaşayotgan bir guruh fuqarolar murojaat qilişdi. Ular uylarining oraliğidagi avtoturargoh yeri tadbirkorga köp qavatli turar joy majmuasi quriş uçun berib yuborilayotganidan xavotirda.

“Biz şu hududda yaşaymiz. Dastlab uylarimiz oraliğidagi hududda avtoturargoh taşkil etilişi haqida aytişdi. Tadbirkor pullik avtoturargoh qurdi.
Oradan vaqt ötib, tadbirkor kelib bu yerga köp qavatli uy qurmoqçi ekanini ma'lum qildi. Qanday qilib bu yerga köp qavatli uy qurişi mumkin? Qaysi qonunlarga töğri keladi?
Uylarimiz eski. Bu yerda quriliş boşlansa, uylarimizning fundamentiga ta'sir qiladi. Bundan taşqari, köpçilikning yotoqxonasi aynan şu tomonga qaragan. Köp qavatli uylar quriladigan bölsa, bir-biriga körinib qoladi.
Çilonzor tumani kommunal tizimi, kommunikatsiya va trubalari şundoq ham ayançli ahvolda ekanini hisobga olsak, bu yerga qöşimça 9 qavatli turar joy binosi qurilişi kommunal tizimga ortiqça yuklama böladi va kommunal tizim işdan çiqiş holatlarini yanada köpaytiradi. Undan taşqari, odamlar avtomobillarini saqlaşi uçun mahallada boşqa joy yöq.
Fuqarolarimiz bilan yiğilib, bu joyda avtoturargoh örniga köp qavatli turar joy qurilişiga qarşi ekanimizni bildirdik va bayonnomalar rasmiylaştirdik. Köplab joylarga murojaat qildik, ammo natija bölmayapti”.

Mahalla ahlining umumiy e'tirozi şulardan iborat.
Çilonzor tumani hokimligining Arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş majmuasi boş mutaxassisi Mirsaid Mirsobirovning ma'lum qilişiça, Toşkent şahar hokimining 2020 yil 19 maydagi 435-sonli qarori va 2021 yil 21 maydagi 595-sonli qarorlari bilan tegişli yer maydoni “Ishonch-imon” MÇJga ajratib berilgan.
“Bu borada Çilonzor tumani hokimligi qaror qabul qilmagan. 2017 yil 24 yanvardagi tuman hokimining farmoyişida esa belgilangan manzil “Ishonch-imon” MÇJga obodonlaştiriş maqsadida biriktirib berilgan”, – dedi Mirsaid Mirsobirov.












