— Tadbirkorlarning uzoq muddatli resurs bazasini şakllantiriş uçun banklarga “Tiklaniş va taraqqiyot” jamğarmasidan bozor tamoyillari asosida qöşimça 600 mln dollar ajratiladi.

— Joriy yil 1 oktyabrdan mikromoliya taşkilotlarini litsenziyalaş tartibi töliq bekor qilinadi. Endi ular faoliyatini boşlaşi uçun, faqatgina Markaziy bank reyestriga kirişlari kifoya.

— Içki bozorda teng raqobat bölişi uçun, eksport mahsulotlarini işlab çiqariş uçun olib kelingan xomaşyo import bojidan ozod etiladi.

— Çetdan olib kelingan tovarlar uçun qöşilgan qiymat soliğini 120 kun davomida bölib-bölib tölaşda, tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.

— Noruda qazilmalarga (qum-şağal, ohaktoş, gips, dolomit kabi) yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 2 barobarga kamaytiriladi.

— “Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida”gi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda röyxatdan ötgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlanib qoladi.

— Jami 13 mingta umumiy ovqatlaniş korxonasi yil yakuniga qadar yer va mulk soliğidan ozod qilinadi.

— Turizm kompaniyalari va mehmonxonalar turistik yiğimlardan 2 yil muddatga ozod qilinadi.

— Taşqi savdo operatsiyalari böyiça debitor qarzdorligi mavjud bölgan 5 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlariga jarima soliş va bugungi kungaça qöllangan 6 trillion sömlik jarimalarni undiriş, joriy yil yakuniga qadar töxtatiladi.

— 2022 yil 1 yanvardan boşlab, soliq idoralari öz elektron dasturlari orqali biznes sub'yektlariga hisobotlarini şakllantiriş xizmatini yölga qöyadi. Hisobotlarni keçiktirib topşiriş bilan boğliq moliyaviy sanksiyalarni qöllaş tartibi esa töliq bekor qilinadi.

— Qöşilgan qiymat soliğini hisobga olişda soliq va bojxona idoralarining elektron bazalari özaro boğlanadi.

— Tadbirkorlarning korxonalari joylaşgan, hozirda egalik qiliş, foydalaniş yoki ijara huquqi asosida, egallab turgan yer maydonlari ularga mulk qilib rasmiylaştirib beriladi. Ya'ni bu yerni boşqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylaştirişga faqat yer egasining özi haqli böladi.

— Yer maydonlarini sotişdan tuşgan mablağ, töliq tuman va şaharlar ixtiyorida qoldirilib, tadbirkorlar uçun infratuzilma yaratiş va rivojlantirişga yönaltiriladi.