Prezident qarori bilan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi taşkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, akademiya barça ta'lim bosqiçlarida faoliyat körsatadigan nodavlat ta'lim taşkiloti hisoblanadi.

Akademiyada quyidagi yönalişlarda oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi: 

  • xalqaro va milliy mehnat standartlari;
  • mehnat huquqi;
  • inson huquqlari; 
  • mehnat tibbiyoti; 
  • ijtimoiy himoya va mehnat muhofazasi.

Akademiyada ta'lim faoliyati 2022/2023 öquv yilidan boşlanadi. Ta'lim özbek, rus va ingliz tillarida tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

Qabul parametrlari, abituriyentlarni qabul qiliş tartibi, tölov-kontrakt qiymati hamda pedagog kadrlarning mehnatiga haq tölaş miqdori Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi (muassis) bilan kelişilgan holda akademiya tomonidan tasdiqlanadi. Akademiya bitiruvçilariga oliy ta'lim va professional ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi. 

Har yili 20 nafardan kam bölmagan, akademiyaga kiriş imtihonlarida yuqori ball töplagan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta'minlangan oila sifatida röyxatga olingan oilalarning farzandlari bepul (muassis granti asosida) öqişga qabul qilinadi.