Olot tumanida soxta möri tozalovçi aholi xonadonlariga kirib, firibgarlik yöli bilan 25 ming sömdan pul yiğib çiqqani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinişiça, noma'lum şaxslar 2020-2021 yillar davomida 49 ta holatda tumanda yaşovçi fuqarolarning xonadonlariga borib, dudburon, öt öçiriş, elektr energiyasi tarmoqlarini közdan keçirgan holda aholidan 25 ming sömdan pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan yiğib olgan. 

Holat yuzasidan noma'lum şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov hamda tezkor suriştiruv harakatlari olib borilgan.

Natijada, uşbu jinoyatni Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan, “Gaz va elektrdan maxsus nazorat” MÇJ rahbari J.M. sodir qilganligi ma'lum bölgan. Hozirda uşbu fuqaroning yana şu kabi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoroda 2 000 dollar evaziga fuqaroni OTMga öqişga kiritmoqçi bölgan şaxs qölga olingandi.