Kilian Mbappe
Qayerdan: «PSJ»
Nomzod: «Real»

Kilian Mbappening «PSJ»dan «Real»ga ötişi böyiça saga joriy transferlar oynasi uçungina emas, tarixdagi eng intrigalisi bölişi ham mumkin. Hujumçi ançadan buyon Madrid klubiga ötişni istaydi, u bolaligidan uşbu klub va Kriştianu Ronaldu fanati bölgan.

Insayder Fabritsio Romanoning yozişiça, madridliklar Mbappe uçun 160 mln yevrolik taklif jönatgan, ammo parijliklar bu taklifni rad etişgan. Marca jurnalisti Xose Feliks Diasning ma'lumotiga köra, 22 yoşli fransuz allaqaçon «Real» bilan özaro şartnoma böyiça kelişib qöygan, ammo u hozirgi klubi bilan ham munosabatlarni yomonlaştirmoqçi emas. «Real» navbatdagi taklifni tayyorlamoqda, futbolçi esa rahbariyat bilan uçraşmoqçi.

Endi barçasi «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xilayfiyning qaroriga boğliq bölib turibdi. Qatarlik biznesmen Mbappeni jamoada olib qolişni istamoqda. Holbuki forvardning şartnomasi 2022 yil yozida tugaydi va u keyingi yozda klubni erkin agent sifatida tark etişi mumkin, Mbappening özi esa Parijda qolmoqçi emas, u hozirgaça şartnomani uzaytiriş böyiça kamida uçta taklifni rad etgan. Le Parisien xabariga köra esa, «PSJ» madridliklarning 160 mln yevrolik taklifini rad etmagan va taklif körib çiqiş jarayonida.

Harri Keyn
Qayerdan: «Tottenhem»
Nomzod: «Mançester Siti»

«Tottenhem» sardori Harri Keyn bu yozda 28 yoşga töladi, lekin u şu vaqtgaça birorta sovrin yutmagan. Uşbu hujumçini top-klublar öz safida körişni istaşadi, ammo uni qöyib yuborişmayapti. «Tottenhem» prezidenti Deniel Levi «Mançester Siti»ning barça takliflarini rad etgan, holbuki «şaharliklar» APLning ötgan mavsumdagi eng yaxşi töpurari va eng yaxşi assistenti uçun 150 million yevro tölaşga tayyor.

«Siti» boş murabbiyi Pep Gvardiola Angliya çempionlari Jyek Grilişni katta pulga sotib olganidan keyin Leo Messi uçun da'vogarlik qila olmasligini aytgandi. Keyn haqida esa ispaniyalik mutaxassis şunday degan: «Men bu savolga avvalgi matbuot anjumanida javob berib bölganman. U «Tottenhem» futbolçisi va men u haqida gapirmoqçi emasman. Ötgan safar men istisno qilgandim, ammo bu mening işim emas».

Yevro-2020dan keyin Keyn «Tottenhem» maşğulotlarini boykot qilib kördi, ammo baribir jamoa bazasiga qaytişga majbur böldi. U birinçi turda «Mançester Siti»ga qarşi öyinni (1:0) ötkazib yubordi, bu esa matbuotda keng muhokamalarga sabab böldi, ammo «Vulverhempton»ga qarşi öyinda forvard zaxiradan maydonga çiqib, 20 daqiqa öynadi.

Agar şu yozda «Tottenhem»dan keta olmasa, Keyn mavsumni qanday holatda ötkazişi noma'lum.

Kriştianu Ronaldu
Qayerdan: «Yuventus»
Qayerga: «Mançester Siti» yoki «PSJ»

2021 yilgi yozgi transferlar har qaçongidan qizğinroq keçmoqda. Bir neça top darajadagi futbolçilar jamoasini özgartirdi (Messi, Ramos), transferlar oynasi yopilgunça yana bir neça «bomba» transferlar amalga oşirilişi mumkin (Ronaldu va Mbappe).

Ronaldu A Seriyaning dastlabki turida «Udineze»ga qarşi öyinda kutilmaganda zaxira örindiğida qoldirildi va OAVda navbatdagi supertransfer haqida miş-mişlar bolaladi.

Rimdagi Corriere dello Sport forvardning agenti Jorjye Mendeş «Mançester Siti»ga öz mijozi xizmatlarini taklif qilgani haqida yozdi. Ispaniyadagi El Chiringuito «Real» boş murabbiyi Karlo Ançelotti Ronaldu bilan yana hamkorlik qilişga qarşi bölmasligi, Marca esa Krişning vakillari «PSJ» bilan boğlanişgani haqida xabarlar tarqatdi.

L`Equipe ham futbolçining vakillari uning Angliya çempionlari safiga ötişi borasida iş olib borayotganini yozdi. Lekin «Siti» Griliş uçun katta pul sarflab bölgan va endi faqat Keynning transferi amalga oşişiga umid qilmoqda. Peres 36 yoşli portugaliyalikni qaytarmoqçimas va faqat Mbappeni közlagan. «PSJ»dan har narsa kutiş mumkin, agar Mbappe Madridga qöyib yuborilsa, ularga top hujumçi kerak böladi, lekin bu ham ehtimoli kam.

Ronalduning «Yuventus» bilan şartnomasi keyingi yil yozida tugaydi va klubdagilar kelişuvni uzaytiriş niyatida emas, futbolçining transfer qiymati 45 million yevroga baholangan. Romanoning sönggi ma'lumotiga köra, Mendeş transfer ustida jiddiy işlamoqda va turinliklar futbolçini 25 mln yevroga sotişi ham mumkin. «Şaharliklar» Keynni sotib ololmasagina, uşbu variantga yuzlanişi mumkin.

Saul Niges
Qayerdan: «Atletiko»
Nomzod: «Çelsi»

«Çelsi» birinçi navbatda markaziy himoyaçi sotib olişni maqsad qilgan, ayni vaqtda «Sevilya»dan Jyul Kundeni sotib oliş böyiça muzokaralar ketmoqda. Şu bilan birga, köklar «Atletiko» yarimhimoyaçisi Saul Nigesni safga qöşib olişga ham qarşi bölişmaydi. Madridliklarning zaxira örindiğida qolib ketgan uşbu futbolçi iyul oyida «Barselona»dan Antuan Grizmannga almaşilişi haqida xabarlar çiqqandi.

«Matrasçilar» uşbu 26 yoşli yarimhimoyaçisini ijaraga oliş böyiça «Liverpul», «Mançester Yunayted» va «Çelsi»ga taklif bildirgan, aynan köklar tomonidan qiziqiş bildirilgan. Londonliklar Denni Drinkuoter, Temue Bakayoko va Ross Barklidan qutulmoqçi. Agar ular bu futbolçilar uçun klub topa olsa, Ispaniya poytaxtidan Saulni olib kelişga urinib köradi.

Jyul Kunde
Qayerdan: «Sevilya»
Da'vogar: «Çelsi»

22 yoşli fransuz himoyaçisi «Sevilya»da bir neça mavsumdan buyon barqaror öyin körsatib kelmoqda va endi top-klublarning diqqatini öziga qaratgan. Kunde Yevro-2020 uçun zayavka qilingandi, ammo turnirda faqat bir öyinda maydonga tuşdi (guruh bosqiçining uçinçi turida Portugaliyaga qarşi 2:2 hisobida yakunlangan öyin).

Uşbu markaziy himoyaçiga hammadan köproq «Çelsi» qiziqmoqda. Fransuz futbolçisi Londonga ötişga rozi, ammo Çempionlar ligasining amaldagi ğoliblari hozirça «Sevilya» bilan kelişuvga erişa olişmayapti. Ispanlar klubi 30 million yevro va Kurt Zumani beriş böyiça birinçi taklifni rad etişgan. Natijada Zuma «Vest Hem» bilan muzokara boşlagan, «Çelsi» esa «Sevilya»ning asosiy yulduzini öziniki qilişning boşqa yöllarini qidirmoqda. Xabarlarga köra, ispanlar klubi futbolçi uçun 70 million yevro atrofida narx belgilagan.

Eduardo Kamavinga
Qayerdan: «Renn»
Da'vogarlar: «Mançester Yunayted», «Real», «Arsenal», «PSJ», «Nitssa»

Kamavinga top-klublardan biriga ötişi haqida uning katta futboldagi birinçi mavsumidan buyon aytib kelişadi. 18 yoşiga kelib uşbu fransuz «Renn» bilan Çempionlar ligasida tört öyinda maydonga tuşişga hamda mamlakatning asosiy jamoasida debyut qilişga ulgurdi. Uning klub bilan yana bir yillik şartnomasi qolgan, şu tufayli klub asl bahosi bir neça barobar yuqori bölgan uşbu tarbiyalanuvçisini 30-35 million yevroga bölsa ham sotişga urinmoqda.

Uşbu futbolçi uçun da'vogarlar qatoriga kutilmaganda «Nitssa» klubi ham qöşilgan, ammo yoş iste'dod uçun asosan top-klublar örtasida kuraş keçadi. 18 yoşli futbolçini sotib oliş uçun asosiy da'vogarlar «PSJ» va «Mançester Yunayted» hisoblanmoqda. Futbolçiga ançadan buyon qiziqiş bildirib kelgan «Real»ning hozir boşqa muammolari bor, «Arsenal» esa bu yil ança xaridlar amalga oşirib böldi va klub yana bir qimmatbaho futbolçi sotib olişi imkoniyatlari kamroq.