Avvalroq sahifamiz orqali #Kunmobilmuxbiri’ning Andijon tumani Bötaqara qişloğida tornadoga öxşaş çangli şamol kuzatilayotgani töğrisidagi videosini e'lon qilgan edik.

Özgidromet xabariga köra, 25 avgust kuni soat 15:00 va 16:30 orasida Farğona vodiysi viloyatlari va Toşkent viloyati ayrim hududlarida kiçik maydonda atmosfera bosimi farqlarida keskin özgarişlar yuzaga kelgan. Bu Tojikiston Respublikasi baland Pomir toğliklaridagi yuqori bosimli hudud hamda Farğona vodiysi viloyatlarida past bosimli hududlarning keskin rivojlaniş fonida yuz bergan. 

Natijada, ayrim joylarda kiçik şamol uyirmalari, boşqaça aytganda, quyun hodisalari kuzatilgan.

«Quyun hodisalari, uzoq muddatli yoğingarçiliksiz yoz kunlarida tez-tez kuzatiladigan hodisa bölib, bu tabiat hodisalari Özbekiston şaroitida xavfli pörtanalarni keltirib çiqarmaydi», — deyiladi Özgidromet xabarida.