26 avgust soat 14:40 holatiga köra, Qoraqalpoğiston böyiça koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 2 355 nafarni taşkil qilmoqda. Şundan 249 bemor statsionar şaroitda davolanmoqda.

Ularning içida:

  • 92 nafar bemor – Şimoli-ğarbiy harbiy okrugda taşkil qilingan Nukus maxsus tibbiyot kompleksida;
  • 89 nafar bemor – Respublika ftiziatriya va pulmonologiya markazida;
  • 68 nafar bemor – Beruniy tumanidagi «Pedagogika kolleji sport kompleksi»da davolanmoqda.

Qoraqalpoğiston SSVga köra, şulardan 59 nafar bemorning ahvoli oğir, 8 nafar bemor juda oğir ahvolda, 175 nafar bemorning ahvoli örtaça, 7 nafar bemorning ahvoli qanoatlanarli deya baholangan.

Qöşimça qilinişiça, bemorlar dori-darmon va 5 mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan.

Şuningdek, 2106 nafar bemor – koronavirusning yengil simptomlari bilan uy şaroitida hududiy poliklinikalar nazorati ostida davolanyapti.

Ma'lumot uçun, Qoraqalpoğistonda bugungaça 12 216 nafar bemor soğaygan.