MFaktor loyihasining navbatdagi sonida bir guruh jizzaxlik tadbirkorlar mehmon bölişdi. Ulardan biri, “Eco Cement” zavodi rahbari Temur Mamadaminov sanoatdagi kadrlar tanqisligi haqida gapirib ötdi.

“Kadrlar muammosi boşqa sohalarda ham bor, lekin aynan sanoatda malakali kadrlar topiş juda ham qiyin.

Oddiy misol, bizning tekstil fabrikamizda turk texnologlari işlaşadi. Ularga oyiga 3 ming dollardan 5 ming dollargaça tölaymiz. Özimizning mahalliy texnologlar esa 4-5 million atrofida oylik olişadi.

Bu degani, xorijlik mutaxassislar özimiznikilarga qaraganda 10 barobar balandroq maoş olişadi. Albatta, ularning işining sifati ham juda baland, tajribasi katta”, – dedi Mamadaminov.

Tadbirkor, eski litsey va kollejlarning böş turgan binolarida sanoat sohasi kadrlarini tayyorlaydigan muassasalar taşkil qiliş kerak, deya hisoblaşini bildirdi.

“Bunday ta'lim maskanlari hozir ham bor, lekin ularga e'tibor judayam kam. Albatta, bu işlarni bir yilda amalga oşirib bölmaydi, lekin yaqin 5-10 yilda qilsa böladi.

Hozir bitta texnologga 5 ming dollar oylik berib işlatganimiz bilan, undan uzoği 4-5 ta şogird qolişi mumkin. Lekin malakali mutaxassislarni katta pul berib bölsa-da öqitiş uçun çaqirsak, ular kelib bittasi 100 kişiga bilim beradi”, – deydi u.

Temur Mamadaminov uning jamoasi faqat töqimaçilik emas, boşqa bir neçta tarmoqlarda ham zavodlarga egalik qilişini ta'kidlab, kadrlar muammosi sanoatning köplab sohalarida borligini qayd etdi.