Yuridik yoki jismoniy şaxslarning egaligida, foydalanişida, ijarasida yoki mulkida bölgan yer uçastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uçun ulardan olib qöyilgandan (sotib olingandan) va davlat mulki sifatida davlat röyxatidan ötkazilganidan keyin beriladi.
Yer uçastkasini ajratiş böyiça materiallarni tayyorlaş işlari buyurtmaçi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boşqarmasi tomonidan şartnoma asosida bajariladi.
Şartnoma tuzilgandan keyin 20 iş kuni davomida elektron şaklda yer uçastkasi ajratiş haqida hujjatlar yiğmajildi tayyorlanadi va «YeRELEKTRON» avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga yuboriladi.
Hokimliklar hujjatlar yiğmajildini olgandan söng uni 5 iş kuni davomida örganadi hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini oliş uçun buyurtmaçiga yuboradi.
Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologiya qömitasining ixtisoslaştirilgan ekspert bölinmalari tomonidan 20 iş kuni davomida ötkaziladi.
Keyin hujjatlar quriliş boş boşqarmasi tomonidan 3 iş kuni davomida örganib çiqilib, ajratiladigan yer uçastkasi böyiça xulosa tayyorlanadi. Şunga köra, yer uçastkasini ajratiş materiallari vakolatli organlar bilan kelişiladi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkasini doimiy foydalanişga ajratiş haqida qaror qabul qilingaç, şu asosda 3 iş kunida yer uçastkasi çegaralari joyida (naturada) belgilanadi. Buning uçun BHMning uç yarim baravari miqdorida haq undiriladi.
Huquqiy ekspertiza yakuni böyiça hududiy adliya boşqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi yer uçastkasini doimiy foydalanişga ajratiş haqida qaror qabul qilişning majburiy şarti hisoblanadi.
Ajratilgan yer uçastkasida qurilişni boşlaşga yoki foydalanişga faqat yer uçastkasiga bölgan huquq davlat röyxatidan ötkazilgandan keyin yöl qöyiladi. Qişloq xöjaligi maqsadlariga möljallangan yer uçastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uçun ajratilmaydi.












