Uçraşuvning asosiy mavzusi — ITBga a'zo mamlakatlarning pandemiyadan keyin ijtimoiy va iqtisodiy tiklanişi.

Asosiy tadbirlardan taşqari, iqtisodiyot, barqaror rivojlaniş, soğliqni saqlaş, ta'lim, islom moliyasi mavzularida qöşimça uçraşuvlar ötkaziladi.

ITBning Toşkentdagi yiğilişi pandemiya boşlanganidan buyon xalqaro miqyosdagi birinçi yirik oflayn tadbir hisoblanadi.

«Bank taşkil etilganidan buyon köp tomonlama hamkorlik Bank missiyasining muhim vazifasi hisoblanadi. Bugungi kunda har qaçongidan ham, Islom mamlakatlari va umuman xalqaro hamjamiyat oldida millionlab odamlarning iqtisodiy rivojlaniş afzalliklaridan bahramand bölişiga tösqinlik qiladigan murakkab global muammolar turibdi. Bu yilgi yillik yiğiliş bank a'zo mamlakatlariga uşbu muammolarni hal qiliş uçun umumiy kun tartibini işlab çiqiş uçun imkoniyat yaratadi», dedi Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jasser.

Şu kungaça ITB Özbekistonda turli sohalarda 100 dan ortiq loyihalarni qöllab-quvvatladi.

Islom taraqqiyot banki (IsDB) guruhi haqida

Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibiga Islom taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça islom korporatsiyasi, Xalqaro islom savdo va moliya korporatsiyasi, Investitsiyalar va eksport kreditlarini suğurtalaş böyiça islom korporatsiyasi hamda Islom tadqiqot va malaka oşiriş instituti kiradi. Bank 1974 yilda Saudiya Arabistonining Jidda şahrida taşkil etilgan.

Dunyoning 57 mamlakati ITB guruhiga a'zo bölib, taşkilot faoliyati iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalaştirişdan iborat.