Markaziy bank öz huzurida Islomiy moliya kengaşi taşkil etilgani haqida xabar berdi.

Qayd etilişiça, u islomiy bank xizmatlarini körsatuvçi banklar, mikromoliya taşkilotlari, Omonatlarni kafolatlaş agentligi hamda Markaziy bank nazorati ostidagi boşqa taşkilotlarning islomiy moliya faoliyatini muvofiqlaştiruvçi kollegial organ hisoblanadi.
Kengaş tarkibi Islom huquqi böyiça mutaxassis va texnik ekspert bölgan 5 nafar a’zodan iborat. Tuzilmaga Özbekiston musulmonlari idorasi xodimlaridan Saidjamol Masayitov rais, Muhammadayubxon Homidov rais örinbosari etib tayinlandi. Kengaş a’zolari tarkibidan Hikmatilla Toştemirov, Abdullatif Tursunov va texnik ekspert sifatida Axrorjon Sadullayev ham örin olgan.
Kengaş islomiy moliya standartlari loyihalarini xalqaro standartlar va mahalliy şaroitni inobatga olgan holda işlab çiqadi. Şuningdek, Markaziy bankka islomiy moliya faoliyatini tartibga soliş va nazorat qiliş böyiça xulosa hamda tavsiyalar beradi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaşda iştirok etadi.
Bundan taşqari, kengaş banklar va mikromoliya taşkilotlariga islomiy moliya böyiça tavsiyalar beradi, ular bilan maslahat uçraşuvlari ötkazadi hamda AAOIFI yiğilişlarida Markaziy bank nomidan qatnaşib, xalqaro standartlar loyihalari yuzasidan taklif va mulohazalar bildiradi. Kengaş har yili Markaziy bank boşqaruviga öz faoliyati böyiça yillik hisobot taqdim etadi.







