Adliya vazirligi xabariga köra, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlaş sohasida yoş mutaxassislarni maqsadli öqitişni qöllab-quvvatlaş va ularni keyinçalik işga joylaştiriş mexanizmi joriy etiladi. 

Quyidagilar taşkil etildi:

  • “Aloqabank” huzurida mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklida Vençur jamğarmasi;
  • mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklida “IT-bilimlarni rivojlantiriş markazi”.

Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlaş sohasida keyingi 5 yil içida 100 minggaça yoş mutaxassislarni tayyorlaş, şuningdek, ularni keyinçalik işga joylaştirişda kömaklaşiş markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Har yili 5 yil içida mutaxassislarning sohada maqsadli tayyorlanişini va ularning startap-loyihalarini moliyalaştirişni taşkil etiş uçun Markazga 50 mlrd söm miqdorida amaldagi qayta moliyalaştiriş stavkasining yarmidan oşmagan holda qarz ajratiladi va u keyingi 5 yil içida bosqiçma-bosqiç qaytariladi.

Vazirlik va taşkilotlar ehtiyojidan kelib çiqib, Markaz tomonidan tanlangan ta'lim taşkilotlari örtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida buyurtma şakllantiriladi.

Ta'lim taşkilotlarida maqsadli öqiş uçun 16 yoşdan 35 yoşgaça bölgan Özbekiston fuqarosi nomzod böladi. Nomzodlar Markaz tomonidan ta'lim taşkilotlari bilan birgalikda tanlov asosida tanlanadi. Tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan ularning istiqboldagi daromadlarini uluş tarzida taqsimlaş töğrisidagi şartnomani (Income Share Agreement) tuzadi, unga köra axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlaş sohasida ularning öqişini tölaşga maqsadli qarz taqdim etiladi.

Stipendiatlar öqişni tugatgandan söng maqsadli qarz va uşbu qarz böyiça foizlarni qaytarişga majbur.